Senat 1993-yildan beri amalda bo‘lgan “Davlat sirlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni ma’qulladi. Hujjatda davlat sirlarining alohida toifalari, ularni himoya qilish sohasidagi organlarning vakolatlari, maxfiylik darajasi va ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati belgilanmoqda.
Prezident deputat va senatorlar uchun yangi majburiyat va jazo choralarini joriy etish to‘g‘risidagi o‘zgartishlarni imzoladi. Ular yig‘ilishlarda yiliga 29 kundan ko‘p qatnashmasa, boshqa davlat fuqaroligini olsa, vakolatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Etika qoidalarini buzishsa, maoshlaridan ham ushlab qolinishi mumkin.
Prezident parlament palatalari vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtiruvchi o‘zgartishlarni tasdiqladi. O‘zgarishlar orasida har ikki palataning o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolati, bosh vazirni tayinlashning yangi tartibi, qonunlarni tasdiqlash muddatini o‘zgartirish va boshqalar bor.
Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.
Oliy Majlis huzuridagi jamoatchilik kengashi vazirliklarning ochiqlik reytingini tuzdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi eng yuqori, Madaniyat vazirligi esa eng quyi o‘rinda qayd etildi. Bunda vazirliklarning yil boshidan beri 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilingan.
O‘zbekistonda 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilishi kutilayotgan referendum mamlakat tarixida shu tartibdagi beshinchi umumxalq ovoz berish jarayoni bo‘ladi. «Gazeta.uz» bungacha 1991 (2 marta), 1995 va 2002 yillarda o‘tkazilgan referendumlar haqida ma’lumot beradi.
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasida parlamentdagi senatorlar soni 100 tadan 65 taga qisqartirilishi ma’lum qilindi. Bunda har bir hududdan 4 tadan senator saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni esa 16 tadan 9 taga kamaytiriladi.
Samarqandda MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. U birinchi marta Rossiyadan tashqarida o‘tkazilmoqda. Majlisda parlament a’zolari saylov, referendum va ularni kuzatish to‘g‘risidagi namunaviy qonunlarni ko‘rib chiqdi.
Chorshanba kuni kechqurun parlament prezidentning Qoraqalpog‘iston hududida favqulodda holat tartibini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmonini ma’qulladi.
Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda Shuhrat Mahmudov, Rustam Haydarov va Djamol Choriyevni 10 yillik muddatga Oliy sud sudyasi etib saylash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.
Oliy Majlis Senati 5 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan 12-yalpi majlisda bir qator qonunlar, shuningdek, Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish masalasini ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston yangi ombudsmani etib Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan Feruza Eshmatova saylandi.
Deputatlar bir qator ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini sudlardan profilaktika inspektorlariga o‘tkazish taklif qilingan qonun loyihasini rad etdi.
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishini ta’qiqlovchi qonun loyihasi taklif etilmoqda. Qonunchilik palatasida muhokama qilinayotgan loyihaga ko‘ra, yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib qo‘yish vakolatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga berish kutilmoqda.
Oliy Majlis palatalariga xo‘jalik boshqaruv organlari, jumladan, «O‘zbekneftgaz», Uzbekistan Airways, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari va boshqalar rahbarlarining kompaniyalar faoliyatiga doir axborotlarini eshitish vakolati berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting